1


Sho'rdanak - Robot Sho'rdanak - Robot
Sho'rdanak - Santehnik Sho'rdanak - Santehnik
Sho'rdanak - Suvga o'tirish Sho'rdanak - Suvga...
Sho'rdanak - Vasiyat noma Sho'rdanak - Vasiy...
Sho'rdanak - Uy savdosi Sho'rdanak - Uy savdosi
Sho'rdanak - Jin po'stin va 40-qaroqchi Sho'rdanak - Jin p...


Меню
Мега Музыка
Oпрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 14
Фотоалбом
Сундтреки
. Munisa Rizayeva - Vaqt (soundtrack)
. O'rik Novdasi - The Red Shadow (soundtrack)
. Devona - Teri Ummed Tera Intezar
. Devona - Teri Isi Adaa Pe Sanam
. Devona - Tere Dard
. Devona - Sochenge Tumhe
. Devona - Payaliya
. Devona - Koi Na Koi Chahiye
. Devona - Aisi Deewangi
. O'rik Novdasi - Wanderer In The Dark (Soundtrack)
. Bir Muxabbat Tarixi - Mere Nishan (Guitar Version)
. Bir Muxabbat Tarixi - Mere Nishan
. Shah Rukh Khan ft. Kajol - Janam Janam (OST Dilwale)
. Muhabbat Tafti - Teri Meri (Soundtrek)
. Nilufar Usmonova - Bevafo (OST Demak Sevasan)
Rossiyalik olimlar: O'zbekiston kardiologiya maktabi zamon bilan hamnafasdir
Категория: Dunyo yangiliklari| Просмотров: 263
poster

Rossiya Fanlar Akademiyasida X Rossiya kardiologlar milliy kongressi bo'lib o'tdi. O'zbekistondan ushbu tadbirda ilmiy markazlar mutaxassislari va kardiologiya sohasida ishlovchi shifokorlar ishtirok etishdi. Rossiya kardiologlar jamiyati tomonidan tashkil qilingan tadbirda AQSh, Buyuk Britaniya, Shveytsariya, Frantsiya, Isroil, Italiya, Norvegiya, Turkiya, Xitoy, Livan, Hindiston va boshqa davlatlardan tashrif buyurgan 4 ming ekspert qatnashdi. Forumning asosiy maqsadlari yurak-tomir tizimi kasalliklariga chalingan odamlarga tibbiy yordam ko'rsatishning yangi imkoniyatlarini qidirish, tibbiy va klinik amaliyotga ilg'or yutuqlar va innovatsion metodlarni joriy qilish masalalarini muhokama qilish bo'ldi. Kongress doirasida O'zbekistonning Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi direktori, professor Ravshanbek Qurbonovning tezkor koronar o'limning birlamchi va ikkilamchi profilaktikasiga zamonaviy yondashuvlarga bag'ishlangan plenar ma'ruzasi bo'lib o'tdi. Chiqishida u o'zbekistonlik olimlar va shifokorlar amaliyotda yurak kasalliklari profilaktikasi borasida qidirayotgan metodlarni topish borasida amalga oshirilayotgan ishlar batafsil yoritildi. Ta'kidlanishicha, respublikada miorkard infarkti va yurakning surunkali ishemik xastaligi holatlarida jarrohlik aralashuvi amalga oshiriladi. Buning natijasida mijozlar umrining uzayishi va uning sifatining oshishi kuzatilmoqda. Hisobotda O'zbekistonda aholi orasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish borasida olib borilayotgan ishlarga alohida e'tibor qaratildi. Sektsion yig'ilishlarda va simpoziumlarda Respublika terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiy markazi, Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markazi, Toshkent pediatriya tibbiyot institutidan majlisga borgan medik olimlarning chiqish va taqdimotlari o'tkazildi. Bundan tashqari, O'zbekistonning kardiologiya sohasidagi yutuqlariga bag'ishlangan stend tashkil etildi. Forum yakunlariga ko'ra “Jahon” agentligi uning ayrim ishtirokchilari bilan suhbat o'tkazdi. Rossiya sog'liqni saqlash vazirligi kardiologiya ilmiy-ishlab chiqarish kompleksi bosh direktorining birinchi o'rinbosari Yuriy Karpov: “Joriy yilning may oyida Toshkentga xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya qatnashchisi sifatida bordim, u ham kardiologiyaning dolzarb masalalariga bag'ishlangan edi. O'zbekistonda sog'liqni saqlashning boshqa barcha yo'nalishlari bilan bir qatorda kardiologiya sohasi ham rivojlanayotgani ko'rinib turibdi, shifoxonalarning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanmoqda, yangi texnologiyalar joriy qilinmoqda, yangi ishlanmalar faollik bilan olib borilmoqda. Bunday e'tibor natijasida tibbiy xizmat ko'rsatish sifati va tezligi oshmoqda”. S. M. Kirov nomli Sankt-Peterburg harbiy tibbiyot akademiyasi ilmiy xodimasi Mariya Miroxina: “Avvalambor, O'zbekistonda yurak-tomir kasalliklari profilaktikasi bo'yicha ko'rilayotgan choralar samaradorligini ta'kidlab o'tmoqchi edim. Seminar chog'ida biz ushbu yo'nalishda fikr almashdik”. Ayniqsa o'zbekistonlik mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan “KardioXelp” dori vositasi alohida e'tirofga sazovor bo'ldi. U yurak xastaliklarini davolash va profilaktika qilishning ajoyib vositasi deb topildi.
 

Профил
Новости сайта





Мини-Чат
Самое Популярное
. Botir Qodirov - Yig'latur
. Sardor Mamadaliyev - Yig'latur
. Farrux Xamrayev - Sog'indim
. Clubhunter - Never Stop (Radio Edit)
. Inna - Love Yourself
. Jonn Hart ft. 50 Cent ft. Kid Ink - New Chick
. Kristina Si - Не Обижай Меня
. Sardor Rahimxon - Malikam (Remix)
. Shahriyor - Amaki
. Gulasal - Sabo Keltir
На сайте
Онлайн всего: 2
Гостей: 2
Пользователей: 0