 Samsung minglab flagman smartfonlarini bepul tarqatadi
|
|
Samsung kompaniyasi Galaxy Note 5 fabletlarini ommaviylashtirishning yangi usulini o'ylab topdi. Yendi Janubiy Koreyaga kelayotgan sayyohlarga flagman gadjetlari bepul tarqatiladi, deyilmoqda kompaniya saytida.
Janubiy Koreyada kompaniyaning bu loyihasi hamkorlari SK Telecom aloqa operatori va Korea Tourism sayyohlik tashkiloti bo'ladi. Smartfonlar fevraldan boshlab tarqatila boshlanadi: har haftada Janubiy Koreyaga Seuldagi markaziy aeroport orqali kelayotgan 250 nafar omadi kulib boqqan sayyoh gadjetlarni vaqtinchalik foydalanish uchun olishi mumkin bo'ladi.
Shu tariqa yil davomida 12 mingga yaqin odam fabletdan foydalanib, unga baho berish imkoniga yega bo'ladi. Biroq bunda talablar qat'iy: Galaxy Note 5 yordamida SK Telecom xizmatlari bilan bepul 5 kun foydalanish mumkin bo'ladi, internet trafik yesa 1 Gbayt miqdorida cheklangan.
|
Категория: Mobil telefonlar dunyosi| Просмотров: 167
|