 Sayyoradagi eng quruq cho'l gullar bilan qoplandi
|
|
Shimoliy Amerikada xavfli bo'ronlar, toshqinlar va ko'chkilar olib keluvchi El-Nino hodisasi Chili qirg'oqlaridan birida doim qaqrab yotuvchi Atakama cho'liga kutilmaganda o'zgacha manzaraa kashf etdi. Sayyordagi eng qurg'oq er hisoblanmish ushbu maskan yilida ikkinchi bor gullar bilan qoplandi. Bu haqda Yahoo News xabar bermoqda.
2015 yilda El-Nino Atakama cho'liga kutilmaganda og'ir yog'ingarchilik olib keldi. Natijada ayrim uxlab yotgan gul turlari g'uncha yozdi. Natijada Atakama cho'li nolan, bomereya, rodofial, fuksiya va boshqa turdagi gullarning sariq, qizil, siyohrang va oq ranglari bilan butkul qoplandi.
Birinchi gullash vaqti joriy yilning mart oyiga to'g'ri kelgandi. Ammo o'shanda kelgan noqulay ob-havo tufayli toshqin sodir bo'lgan va buning natijasida 40 nafarga yaqin kishi halok bo'lgandi.
|
Категория: Dunyo yangiliklari| Просмотров: 214
|