 Shifokorlar ispan ayolidagi 25 kg lik o`simtani olib tashladi
|
|
Shifokorlar ispaniyalik ayoldagi og`irligi 25 kg, uzunligi esa 41 santimetr keladigan
o`simtani olib tashladi.
Ma`lum bo`lishicha, ayol qornidagi og`riqlar va vaznining ortishi shikoyati bilan shifokorlarga murojaat etgan, deb yozadi Tengrinews.kz. Natijada, amalga oshirilgan jarrohlik amaliyoti davomida uning qornidan juda katta o`simta olib tashlandi.
Shifokorlarning so`zlariga ko`ra, dunyoda faqat besh marta og`irligi 11 kg dan ortiq o`simta operasiya yo`li bilan olib tashlangani qayd etilgan.
O`tgan yili nemis shifokorlari qornidagi og`irlik va vaznining ortishidan shikoyat qilgan 71 yoshli erkakning qornidan 21 kg keladigan o`simtani olib tashlagan edi
|
Категория: Qiziqarli| Просмотров: 270
|