 Shuhrat Qayumov jonli ijroda yakkaxon kontsertini beradi
|
|
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Shuhrat Qayumov bahor faslining birinchi oyida o'zining yakkaxon kontsert dasturini o'tkazadi. Bu haqda xonanda Kun.uz saytiga ma'lum qildi.
Uning ta'kidlashicha, an'anaga sodiq qolgan holda navbatdagi kontsert dasturida ham taronalar faqatgina jonli ijro etiladi. Biroq ko'plab taklif va iltimoslar inobatga olingan holda bu galgi dastur har yilgidek dekabr oyida emas, balki bahorning ilk oyi – martda o'tkaziladi.
Ayni paytda kontsert dasturini o'tkazish uchun tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda.
|
Категория: Shou-Biznes yangiliklari| Просмотров: 231
|