 Simeone o'z talablari bajarilsa, "Chelsi"ni boshqarishga rozi bo'ladi
|
|
"Atletiko" jamoasi bosh murabbiyi "Chelsi" boshqaruviga o'tishi uchun londonliklar tomonidan bajarilishi kerak bo'lgan shartlar ma'lum qilindi.
The Telegraph nashrining yozishicha, 45 yoshli argentinalik mutaxassis "Chelsi" rahbariyati tomonidan unga transferlarni mustaqil ravishda amalga oshirish imkoni yaratib berilsa, u taklifni qabul qiladi.
Simeone transferlarga "Chelsi"ning texnik direktori Maykl Emenalo aralashmasligini istamoqda.
Bundan oldinroq, "Chelsi" ushbu mutaxassisga ish va yiliga 20 mln evrolik maosh taklif qilgani haqida xabarlar paydo bo'lgandi.
Eslatib o'tamiz, "Chelsi" Joze Mourinoni ishdan bo'shatgach, mavsum oxirigacha jamoani boshqarib turish uchun Guus Xiddink taklif qilingan. Yangi mavsum uchun murabbiy masalasi esa hozircha hal qilinmagan.
Bu o'ringa Xosep Gvardiola ham asosiy da'vogarlardan biri hisoblanadi.
|
Категория: Sport yangiliklari| Просмотров: 113
|