1


Sho'rdanak - Robot Sho'rdanak - Robot
Sho'rdanak - Santehnik Sho'rdanak - Santehnik
Sho'rdanak - Suvga o'tirish Sho'rdanak - Suvga...
Sho'rdanak - Vasiyat noma Sho'rdanak - Vasiy...
Sho'rdanak - Uy savdosi Sho'rdanak - Uy savdosi
Sho'rdanak - Jin po'stin va 40-qaroqchi Sho'rdanak - Jin p...


Меню
Мега Музыка
Oпрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 14
Фотоалбом
Сундтреки
. Munisa Rizayeva - Vaqt (soundtrack)
. O'rik Novdasi - The Red Shadow (soundtrack)
. Devona - Teri Ummed Tera Intezar
. Devona - Teri Isi Adaa Pe Sanam
. Devona - Tere Dard
. Devona - Sochenge Tumhe
. Devona - Payaliya
. Devona - Koi Na Koi Chahiye
. Devona - Aisi Deewangi
. O'rik Novdasi - Wanderer In The Dark (Soundtrack)
. Bir Muxabbat Tarixi - Mere Nishan (Guitar Version)
. Bir Muxabbat Tarixi - Mere Nishan
. Shah Rukh Khan ft. Kajol - Janam Janam (OST Dilwale)
. Muhabbat Tafti - Teri Meri (Soundtrek)
. Nilufar Usmonova - Bevafo (OST Demak Sevasan)
Soch to`kilishining sababi nima?
Категория: Qiziqarli| Просмотров: 367
poster

“Qizimning sochi to`kilayotganidan tashvishlanib, tibbiy tekshiruvlardan o`tkazdim. Tahlillar buqoq borligi va qalqonsimon bez faoliyatida o`zgarishlarni ko`rsatdi. Nahot, buqoqdagi o`zgarish soch to`kilishini keltirib chiqarsa? Davolansa o`tib ketadimi yoki yana qaytalanishi mumkinmi ?”

Nigora Rahimova, Toshkent shahri

Ko`pchilik qalqonsimon bez haqida eshitganida shakli qalqonsimon bo`lsa kerak, deb o`ylaydi. Aslida mazkur a`zo nomi qalqonsimon tog`ayga o`xshatilgann. Qalqonsimon bez toq a`zo, bo`yincha bilan birikkan ikki palladan iborat. Uning vazni kattalarda 30-40 gr.ni tashkil qiladi. Qalqonsimon bez kasalliklari orasida eng keng tarqalgan turi buqoqdir. Bugun shu haqida suhbatlashamiz.

YuZAGA KELISh SABABI

Organizmda yod tanqisligi yuzaga kelsa, qalqonsimon bez xujayralariga kam miqdorda yod boradi. Shuning hisobiga gormonlar sintezi kamayadi. Organizm ushbu jarayonni muvozanatga keltirish uchun bosh miya gipofizi orqali ta`sir o`tkaza boshlaydi. Bunda qalqonsimon bez hujayralari kattalashadi va buqoq paydo bo`ladi. Mamlakatimiz endemik hudud hisoblangani bois buqoqning oldini olish, davolash va yod profilaktikasi muhim sanaladi. Zero, endemik hududda buqoq yuzaga kelish ehtimoli yuqori bo`lib, bepushtlik, ayollarda hayz siklining buzilishi, bolalarda pakanalik kabilarni keltirib chiqarishi mumkin.

TURLARI

Tibbiyotda buqoqning asosan endemik va sporadik turlari tasnif qilinadi. Endemik buqoq qalqonsimon bezning jadal kattalashishi bilan xarakterlanib, ma`lum geografik sharoitlarda uchraydi. Asosan havoda, oziq-ovqat mahsulotlari, suv va tuproqda yod moddasi etishmasligidan yuzaga keladi. Sporadik buqoq esa ayrim omillar sabab kelib chiqishi mumkin. Qalqonsimon bez bolaning tug`ilgan chog`idan boshlab, rivojlanish bosqichlarida u bilan birga o`sadi. Bu jarayon ayniqsa o`smirlik vaqti sezilarli darajada nomoyon bo`ladi. Chunki bu paytga kelib, o`sayotgan organizmni gormon bilan ta`minlash uchun ko`proq yodga ehtiyoj seziladi. Biroq iste`mol qilinayotgan mahsulotlar tarkibidagi yod hamisha ham etarli bo`lavermaydi. Mutaxassislar, qalqonsimon bez kasalliklarining kelib chiqishi nafaqat tashqi muhit balki, ruhiy o`zgarishlarga ham bog`liq deyishadi. Stress holatlaridan so`ng qalqonsimon bez faoliyatida yoyma zahar buqoq rivojlanishi kuzatiladi. Organizmda yod etishganida esa tugunli buqoq rivojlanadi. Shu bilan birga endemik turdagi buqoq keyinchalik tugunli ko`rinishga aynalishi mumkin.

TEKShIRUV USULLARI

Paypaslab ko`rish – mustaqil tarzda bajarish mumkin bo`lgan tekshiruv usuli. Bunda barmoq harakatlari bilan tomoq sohasi engil paypaslanib, bez o`lchami baholanadi. Shifokor ko`rigida ham dastlab ana shu tekshiruv usuli o`tkazilib, bunda bemorning yoshi, bo`yinning anatomik tuzilishi kabilar ham hisobga olinadi. Shunga ko`ra shifokor bir necha darajalarni aytishi mumkin. Masalan, “0” daraja bu buqoq yo`q deganini anglatsa, “1” daraja esa buqoq ko`rinmaydi, lekin paypaslaganda uning bo`lakli o`lchami barmoq distal falangasi kattaligiga taxmin qilinadi. “2” daraja esa paypaslanib tekshirilganda buqoq borligini yaqqol bilintiradi.

Buqoq o`lchamini aniqlashda ishonchli usullardan biri ultratovush tekshiruvi bo`lib, bunda qalqonsimon bez hajmi maxsus formula yordamida aniqlanadi.

BA`ZAN ORTADI, BA`ZAN KAMAYaDI

Qalqonsimon bez faoliyatining sustlashishi gipoterioz deb atalib, kuchli toliqish, holsizlik, uyqusirash, teri quruqlashishi, soch to`kilishi, tirnoqlar sinuvchanligi, mehnat faolligining susayishi, shish, semirish, befarqlik, kuchli qabziyat, hayotga qiziqishning sustlashishi kabilar bilan xarakterlanadi. Qalqonsimon bez faoliyatining ortishi esa gipertirioz deb atalib, gormonal muhitning buzilishi bilan kechadi. Bunda tana vaznining o`z-o`zidan kamayishi (oriqlik), keskin harakatlanganda yurak qon tomirining tez urishi, ko`z qorachig`ning bo`rtib chiqishi, qon bosimining balandlashi, qaltirash, ko`p ovqatlanish, ich ketishi, jaxldor, jizzakilik kabi belgilar kuzatilishi mumkin.

TAShXIS VA MUOLAJA

Buqoqni davolashda avval tekshiruv usullari o`tkazilib, so`ng shifokor nazoratida individual muolaja bajariladi. Hozirda buqoqni davolash va oldini olish uchun dorixonalarda preparatlar talaygina. Ammo birortasini tanlashdan avval tekshiruvdan o`tib, buqoq darajasi va turiga ko`ra xarid qilish lozim. Aks ta`sir etganida nojo`ya oqibatlarga olib kelishi hech gap emas. Davolash muddatini ham mutaxassis belgilaydi. Muolajani boshlagandan so`ng albatta nihoyasiga etkazish kerak. Yarmida tashlab ketilsa, foydasi bo`lmaydi. Qolaversa, kasallik yana qaytalanmasligi uchun shifokor nazoratida bo`lish, sog`aygandan so`ng ham tibbiy ko`rikdan o`tib turish maqsadga muvofiqdir.

NASLIY BOG`LIQLIGI BORMI?

Ota-onaning birida buqoqning autoimmun tireoidit, tugunli yoki yoyma zahar turlari bo`lsa, farzandlarida ham yuzaga kelishi ehtimoli yo`q emas. Keyingi asoratlardan xoli bo`lish uchun albatta shifokor nazoratida profilaktika choralarini ko`rish tavsiya etiladi.

JARROHLIK ARALAShUVI

Aksariyat kishilar ichki buqoq xavfli, ammo tashqi taraflama joylashganini jarrohlik aralashuvi yordamida davolash mumkin, deyishadi. Xo`sh, aslida-chi? Tibbiyotda qalqonsimon bez kasalliklarining turi va jarrohlik amaliyotiga ko`rsatma beriladigan xiliga ko`ra tafovut qilinadi. Shunga ko`ra hamma buqoqni ham olib bo`lmaydi. Deylik, bir necha davomiy muolajalar kor qilmay, qalqonsimon bez faoliyatidagi o`zgarishlar normallashmasa hamda shu bilan bog`liq boshqa bezovtaliklar bo`lsa, shifokor ko`rsatmasi bilan jarrohlik aralashuvi o`tkaziladi. Bu amaliyotdan so`ng maxsus gormonal preparatlarni muntazam qabul qilib turish kerak. Ammo bemorning yoshi, yurak qon-tomir faoliyati bilan bog`liq kasalliklar, buyrak, jigar faoliyatida o`zgarishlar bo`lsa jarrohlik ma`n qilinadi. 

 Tibbiyot fanlari nomzodi Dilfuza Ortiqova tavsiyalari asosida tayyorlandi

Профил
Новости сайта





Мини-Чат
Самое Популярное
. Botir Qodirov - Yig'latur
. Sardor Mamadaliyev - Yig'latur
. Farrux Xamrayev - Sog'indim
. Clubhunter - Never Stop (Radio Edit)
. Inna - Love Yourself
. Jonn Hart ft. 50 Cent ft. Kid Ink - New Chick
. Kristina Si - Не Обижай Меня
. Sardor Rahimxon - Malikam (Remix)
. Shahriyor - Amaki
. Gulasal - Sabo Keltir
На сайте
Онлайн всего: 4
Гостей: 4
Пользователей: 0