1


Sho'rdanak - Robot Sho'rdanak - Robot
Sho'rdanak - Santehnik Sho'rdanak - Santehnik
Sho'rdanak - Suvga o'tirish Sho'rdanak - Suvga...
Sho'rdanak - Vasiyat noma Sho'rdanak - Vasiy...
Sho'rdanak - Uy savdosi Sho'rdanak - Uy savdosi
Sho'rdanak - Jin po'stin va 40-qaroqchi Sho'rdanak - Jin p...


Меню
Мега Музыка
Oпрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 14
Фотоалбом
Сундтреки
. Munisa Rizayeva - Vaqt (soundtrack)
. O'rik Novdasi - The Red Shadow (soundtrack)
. Devona - Teri Ummed Tera Intezar
. Devona - Teri Isi Adaa Pe Sanam
. Devona - Tere Dard
. Devona - Sochenge Tumhe
. Devona - Payaliya
. Devona - Koi Na Koi Chahiye
. Devona - Aisi Deewangi
. O'rik Novdasi - Wanderer In The Dark (Soundtrack)
. Bir Muxabbat Tarixi - Mere Nishan (Guitar Version)
. Bir Muxabbat Tarixi - Mere Nishan
. Shah Rukh Khan ft. Kajol - Janam Janam (OST Dilwale)
. Muhabbat Tafti - Teri Meri (Soundtrek)
. Nilufar Usmonova - Bevafo (OST Demak Sevasan)
SOCH TO‘KILSA, NIMA QILISH KERAK?
Категория: Qiziqarli| Просмотров: 308
poster

Avvalambor, ushbu savolni berish chog‘i vahimaga tushmaslik lozim. So‘ngra sochlaringiz chindan ham patologik ravishda to‘kilyaptimi yoki shunchaki eski sochlarning yangilariga fiziologik almashinuvi sodir bo‘l­yaptimi, buni aniqlab olish zarur. Kuniga 30 tadan 100 tagacha soch tolasi to‘kilishi me’yor sanalib, bunda o‘z umrini «yashab bo‘lgan» tolalar to‘liq ravishda yangilanadi.

Soch to‘kilishini aniqlash testi
Sochlaringizning bir tutamini qattiq ushlab, shoshmasdan ohista pastga qaratib siltamasdan torting. Agar shundan so‘ng qo‘lingizda 6-7 dona tola qolsa, soch to‘kilishining boshlang‘ich bosqichi yuz berayotgan bo‘lishi mumkin.

Sochning patologik to‘kilishining ko‘p uchraydigan sababi soch follikulalari o‘sishi qismidagi qon tomirlarining tez-tez va davomli ravishda qisilishi (spazm) hisoblanadi. Tomirlarning siqilishi stress yoki sochlarga sovuq haroratning ta’siri (sovuq kunlarda bosh kiyimsiz yurish) oqibatida ro‘y berishi mumkin. Eng kam uchraydigan sabab boshda zamburug‘ infektsiyasi (mikrosporiya, trixofitiya), shuningdek, kim­yo­terapiya o‘tkazilishi bo‘lishi mumkin.

Damlamalardan foydalaning
Soch o‘sishini tezlashtiruvchi damlamalardan biri chakamug‘ ildizidir. 10-15 g ildizni 0,5 litr qaynoq suvga damlang. Ushbu damlamadan avvaliga haftada 2-3, keyinchalik 1 marotaba foydalanishingiz mumkin.

Soch ildizi mustahkamlanib, o‘sishi uchun terak kurtagi, qayin kurtagi va barglari (1 stakan giyoh 1 litr suv nisbatida) damlamasini qo‘llang.
Tuyatovon va qichitqi o‘t (50:50) damlamasi bilan sochlaringizni chayib turing.
Har kuni sarxil aloe sharbatini boshingizning soch to‘kilayotgan qismlariga suring.

Sochlaringiz mayin, qalin va jilokor bo‘lishi uchun 1 ta tuxumga  2 osh qoshiq kanakunjut yog‘i, 1 choy qoshiq sirka aralashmasi va 1 choy qoshiq glitserin qo‘shib ko‘pirtiring. Niqobni bosh teringizga surib, sochlaringizni issiq sochiq bilan o‘rang. Biroz vaqt bug‘ vannasida o‘tirib, so‘ngra yuving.

Yuvilgan sochlaringiz orasidan farq ochib, 0,5-1 osh qoshiq tuzni surib chiqing va 15 daqiqaga polietilen shapka kiying. So‘ngra iliq suvda chayib oling. Ushbu niqobni 6-10 marta qo‘llaganingizdan ke­yin sochlaringiz to‘kilishdan to‘x­taydi.

Massaj muolajasi
Zamburug‘ infektsiyasi va qon bosimi bilan bog‘liq xastaliklarida boshni uqalash aslo tavsiya etilmaydi.

Qolgan holatlarni massaj muolajasi haftasiga 2-3 marta, albatta yuvilgan boshda yoki sochlarni yuvishdan oldin o‘tkaziladi. Bosh barmoqlaringizni quloqlaringiz ustiga qo‘yib, qolgan barmoqlaringiz bilan peshanadagi bosh terisidan boshlab, (o‘z navbati bilan boshning chakka va tepa qismlarini ham) ensaga qarata aylana harakatlar yordamida uqalashni boshlang. Boshning qon tomirlari joylashuvini hisobga olib, harakatlar albatta peshanadan ensa, gardan tomonga yo‘naltirilishi lozim.

Shuningdek, massajni xuddi shu yo‘­sinda tibbiy cho‘t­ka yordamida amalga oshirish mumkin.

Manba: Bekajajon nashri

Профил
Новости сайта





Мини-Чат
Самое Популярное
. Botir Qodirov - Yig'latur
. Sardor Mamadaliyev - Yig'latur
. Farrux Xamrayev - Sog'indim
. Clubhunter - Never Stop (Radio Edit)
. Inna - Love Yourself
. Jonn Hart ft. 50 Cent ft. Kid Ink - New Chick
. Kristina Si - Не Обижай Меня
. Sardor Rahimxon - Malikam (Remix)
. Shahriyor - Amaki
. Gulasal - Sabo Keltir
На сайте
Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0