 Toshkentda 5 balli zilzila sodir bo'ldi
|
26 oktyabr kuni soat 14:12da Toshkent shahrida zilzila kuzatildi. Silkinishlar taxminan bir daqiqa davom etdi. Ularning magnitudasi haqida hozircha hech qanday ma'lumot berilmadi. Taxminlarga ko'ra, uning kuchi 4 ballni tashkil qildi.
Xabarlarga ko'ra, Olma-Ota, Chimkent va Tarozda ham 4 balli er silkinishlari kuzatilgan.
Oxirgi ma'lumotlarga qaraganda, er silkinishlari Farg'ona vodiysi, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida ham silkinishlar kuzatilgan.
Ayniqsa Samarqand viloyatida zilzila ancha kuchli bo'lgani aytilmoqda.
Zilzila epitsentri Afg'onistonning Hindukush mintaqasida kuzatilib, 7.4 ballni tashkil qildi. U Tojikistonda, shuningdek, O'zbekistonning, Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent, Andijon va boshqa viloyatlarida kuzatildi. Еr silkinishlari Qozog'istonning Olma-Ota, Taroz, Chimkent, Qirg'izistonning O'sh shaharlarida ham sezildi.

|
Категория: Yurtimiz yangiliklari| Просмотров: 161
|