22 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan 23:16 da Toshkentda kuchsiz erosti silkinishi kuzatildi.
Еvropa-o'rtaerdengizi seysmologiya markazining ma'lum qilishicha, Afg'onistonning Hindikush tog'larida 6 balli erosti silkinishi qayd etilgan.
"Toshkent" markaziy seysmostantsiyasi ma'lumotiga ko'ra, ushbu zilzilaning ta'siri Toshkentda 1-2 balli, Surxondaryoda 2 balli erosti silkinishlari bilan akslangan.
Qayd etish kerakki, 20-21 noyabr kunlarida O'zbekistonda epitsentri Qirg'izistonda bo'lgan bir necha erosti silkinishlari sezildi.
17 noyabr kuni soat 22:29 da Toshkentda 2,5—3, 20 noyabr kuni 9:46 da 2 balli , 21 noyabr kuni 5:16 da Toshkentda 2 va Namanganda 3 balli zilzilalar sodir bo'lgan edi.