 Toshkentda Pushkin maydoni paydo bo'ldi
|
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2015 yil, 14 oktyabrdagi qaroriga muvofiq O'zbekiston poytaxtidagi bir qator ko'chalarga yangi nomlar berildi. Ushbu qaror matni Toshkent shahar hokimiyatisaytiga joylashtirilgan.
Qarorga ko'ra, Toshkent shahri, Mirobod tumanidagi A.Chexov ko'chasi nomi Fidokor ko'chasi sifatida o'zgartiriladi.
Yakkasaroy tumanidagi sobiq teatr maydoni esa Pushkin xiyoboni deb nomlangan. Aynan shu maydonga shu yilning avgustida rus shoiri Aleksandr Pushkinning haykali ko'chirib keltirilgandi.
Shuningdek, shahardagi bir qancha nomsiz ko'chalar, tor ko'chalar va boshi berk ko'chalarga nom berilgan. Xususan, Olmazor tumanidagi "Xislat" ko'chasi endilikda Xislatobod nomini olgan, Chilonzor tumanidagi "Cho'ponota" mahallasidagi bir qancha ko'chalarga esa Izzariq nomi bilan nomlab chiqilgan.
|
Категория: Yurtimiz yangiliklari| Просмотров: 108
|