 Ufada o'zbek kinosi kuni o'tkaziladi
|
|
Ufa shahrida (Rossiya tarkibidagi Boshqirdiston respublikasi markazi) Milliy va etnik kinolar bo'yicha Ikkinchi Xalqaro festival («Serebryanyy Akbuzat») doirasida o'zbek kinosi kuni o'tkaziladi.
ShHT BRIKS «Ufa-2015» Ofis guruhi ma'lumotiga ko'ra, 9-12 dekabr kunlarida bo'lib o'tadigan bu festival dunyo xalqlarining kinematografiya san'ati va madaniy qadriyatlarini targ'ib etishga qaratilgan.
Ushbu festivalda qatnashish istagi bo'yicha dunyoning turli kinematograflari tomonidan 258ta murojaat kelib tushgan. Natijada festivalda Rossiya, Armaniston, Kirg'iziston, Tojikiston, Hindiston, Latviya, Bangladesh, Eron, Ozarbayjon, Misr va Estoniya davlatlari vakilari tomonidan ishlangan 25ta film ishtirok etishi aniqlangan.
Kinofestival doirasida tanlovdan tashqari O'zbek kinosi kuni, Qirg'iz kinosi kuni va Hind kinosi kuni o'tkazilishi belgilangan.
|
Категория: Dunyo yangiliklari| Просмотров: 109
|