 Vadim Abramov "Lokomotiv" jamoasi bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarildi
|
|
Toshkentning "Lokomotiv" klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov o'z lavozimidan ketdi.
"Lokomotiv" futbol klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramovni iste'foga chiqardi. Bu haqda klub matbuot xizmati rasman xabar berdi.
Qayd etish kerakki, chempionlik uchun kurashayotgan "temiryo'lchilar" kecha, 16 oktyabr kuni Qo'qonda "Qo'qon-1912" jamoasi mehmoni bo'lib 2:2 hisobida durang o'ynadi va "Paxtakor" jamoasidan 4 ochko ortda qolib ketdi.
Abramov bilan birga Marat Miftaxutdinov ham jamoadan ketgan.
Mavsumning qolgan 5ta o'yinida "Lokomotiv"ni Mirko Yelichich bosh murabbiy sifatida maydonga olib tushadi. Unga Andrey Miklyaev yordam beradi.
"Lokomotiv" klubi rahbariyati yangi bosh murabbiy nomzodini o'rganib chiqishni boshladi.
|
Категория: Sport yangiliklari| Просмотров: 196
|