 Vaqtni Boshqarish: Ishni O’z Vaqtida Tugatishning 8 Ta Yo’li
|
|
Ish joyimizda berilgan vazifani o’z vaqtida bajara olmasak, jahlimiz chiqadi, asabiylashamiz. Bu esa uyga kelganimizda ham o’z ta’sirini ko’rsatmay qolmaydi. Oqibatda uyda tinchlik, qalbimiz hotirjam bo’lmaydi, asablarimiz tarang yuradi. Bugungi maslahatlarimiz ishda berilgan vazifani o’z vaqtida tugatishda ko’maklashishiga ishonamiz. Faqat buni o’zingiz chin dildan hohlab bajarsangiz bas.
Maslahatlar:
Har bitta vazifa uchun o’zingizga vaqt belgilang. Masalan, bitta vazifaga osonligidan qiyinligiga qarab 10 daqiqadan 25-30 daqiqagacha o’zingizga vaqt bering. Bunda siz mobil telefoningizni taymeridan foydalanishingiz mumkin.
Sizni chalg’ituvchi saytlarni o’zingiz bloklab qo’ying. Buning uchun bauzeringizga qarab, bloklovchi dastur o’rnatishingiz mumkin, masalan, agar brauzeringiz Chrome bo’lsa, “Stay focused “, Firefox bo’lsa “Leech block” dasturlaridan foydalanishingiz mumkin.
Bir kun uchun kamida 3 ta ish rejalashtiring. Ularni bajarib bo’lgach, o’zingizga yana vazifa yuklang. Yoki barcha ishlaringizni guruhlarga bo’lib, navbat bilan bajaring. Ertalabdan eng muhim ishlarni bajarib oling, so’ngra asta sekinlik bilan qolganlarini.
Ishlab zerikdingizmi? Unda tanaffus qiling. Buning uchun oshxonaga chiqib, hammaga 2 soat gap sotish, yoki yoningizda o’tirgan sherigingizni ham ishdan qoldirib, u bilan valaqlashish emas, balki foydali ish qiling. Masalan, stolingizni tartibga keltiring, xonani ko’zdan kechiring, nima xunuk turgan bo’lsa, go’zallashtiring.
Internetdagi pochtalaringizni tekshirish uchun o’zingizga aniq bir vaqtni tanlab qo’ying. Bu yo’l ancha samarali. Agar ish vaqtida pochtangizni titkilaydigan bo’lsangiz, ishdan 2-3 soat qolib ketishingiz aniq. Axir xatlarga javob berish 5 daqiqada bo’ladigan ish emasku.
Stol uchun maxsus kalendardan foydalaning. BUning foydasi shundaki, siz sizga berilgan vazifani qanchalik bajarayotganingiz, va uni tugatishingizga necha kun qolganini tekshirib borishingiz mumkin.
Murakkab biror ishni tugatganingizda, o’zingizni kichik shirinlik bilan siylang. Ko’p yevormang, chunki yalqovligingiz tutib qolishi mumkin, shuning uchun, ozgina shirinlik yeng.
O’zingizni ustingizda ishlashni o’rganing. Yaxshi va yomon xarakterlaringizni o’rganib chiqing, sizga qaysi hislat yetishmayotgan bo’lsa, o’shani rivojlantring. Shunda sizda ishga bo’lgan unumdorlik yanada oshadi.
|
Категория: Qiziqarli| Просмотров: 263
|