 Volgogradda o'zbekistonlik giyohvand kurer 15,5 yilga qamaldi
|
|
Volgogradda 35 yoshli O'zbekiston fuqarosi nasha giyohvand moddasi bilan qo'lga tushdi. Uning e'tirof etishicha, ushbu giyohvand moddasini o'zi iste'mol qilishi uchun O'zbekistondan keltirgan.
Cod34.ru nashrining ma'lum qilishicha, 2014 yilning aperl oyida “Novonikolaevskiy” postida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan mashina to'xtatiladi. Undagi yo'lovchilardan birining buyumlari orasidan shubhali suyuqlik to'ldirilgan vino butilkasi topiladi. Mutaxassislarning aniqlashicha, butilka ichidagi suyuqlik bir kilogramm miqdoridagi nasha giyohvand moddasining yog'i bo'lib chiqadi.
Giyohvand modda egasining aytishicha, u buni o'zi iste'mol qilish uchun O'zbekistondan tayyorlab olib kelgan. U Moskvaga ishlash uchun ketayotgan bo'lgan.
Sud erkakni giyohvand moddalar tashishda ayblab, 15,5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi va mahkum jazoni qattiq rejimli koloniyada o'taydigan bo'ldi.
|
Категория: Dunyo yangiliklari| Просмотров: 128
|