 Volkswagen Germaniyada 2,5 mln dona avtomobilni ortga qaytarib oladi
|
Volkswagen avtokontserni 2,5 mln dona avtomobilini ortga qaytarib olishini e'lon qildi. Bu haqda Deutsche Welle nashri xabar tarqatmoqda.
Manbaning yozishicha, kompaniya «dizel mojarosi»dan keyin Germaniya nazorat organlari tomonidan berilgan ko'rsatma asosida mashinalarni qayta jihozlashadi.
Hozirda 1,5 mln donadan ortiqroq yuk va engil mashina egalari Volkswagen`dan o'z avtomobillarini qayta topshirish bo'yicha bildirishnoma olishga ulgurishgan. Xuddi shunday ko'rsatma Audi (530 mingdan ortiqroq), Skoda (287 ming) va Seat (105 ming) avtomobil markalari uchun ham berilgan.
|
Категория: Avtomobil olami| Просмотров: 99
|