 WBA Chagaevga Braun bilan jang o'tkazish majburiyatini yukladi
|
|
Jahon boks Assotsiatsiyasi (WBA) super og'ir vaznda jahon chempioni Ruslan Chagaevga Lukas Braun bilan jang o'tkazish majburiyatini yukladi. Bokschilarning vakillari 30 noyabrgacha jang haqida kelib olishlari kerak. Agar bir qarorga kela olishmasa unda WBA ishga kirishadi. Bu haqda "Olamsport.som" nashri xabar tarqatdi.
Eslatib o'tamiz, Chagaev 17 oktyabr sanasida Fres Okendoga qarshi ringga chiqishi kerak edi. Okendoning jarohati sababli Chagaevga qarshi ringga chiqmadi va jang bekor qilindi.
Chagaev oxirgi jangini shu yilning 11 iyul sanasida Franchesko Pyanetaga qarshi ringga chiqdi va raqibini birinchi raundda nokautga uchratib g'alabaga erishgandi.
Bundan oldinroq, Braun WBA o'ziga Chagaev bilan jang qilish uchun ruxsat berishini intizorlik bilan kutayotganini bildirib o'tgandi.
|
Категория: Sport yangiliklari| Просмотров: 97
|