 Xabi Alonso: Gvardiola – men ishlagan murabbiylar ichida eng yaxshisi
|
|
“Bavariya” yarim himoyachisi Xabi Alonso jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning ishdan ketgani, uning o'rnini Karlo Anchelotti egallagani haqida fikr bildirdi.
“Men jamoadoshlarimga Anchelottining qay darajada yaxshi ekanligi haqida aytdim, - dedi u. – U ajoyib murabbiy, u “Milan” va “Real” bilan Chempionlar Ligasini olgan”.
“Gvardiolaga kelsak, butun jamoa bilan uning qolishini istagan edik, - tan oldi Alonso. – Pep men birga ishlagan murabbiylar ichida eng yaxshisidir”.
|
Категория: Sport yangiliklari| Просмотров: 125
|