 Xalk Rossiyada yil o'yinchisi deb topildi
|
|
Rossiyaning «Zenit» klubi futbolchisi Xalk 2015 yil yakunlariga ko'ra Rossiyaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
«Futbol» haftanomasi tomonidan o'tkazilgan so'rovnomada jurnalistlar bergan ovozga ko'ra, braziliyalik forvard jamoadoshi Artyom Dzyuba va «Spartak» yarimhimoyachisi Kuinsi Promesni ortda qoldirdi.
2015 yilgi so'rovnomada 310 nafar rus jurnalistlari ishtirok etishdi. Ular 16ta jamoaning 54 nafar futbolchilariga ovoz berishgan. Xalk jami 652 ochko (195 jurnalist uni 1-o'ringa qo'ygan, 27 –2-o'rin, 13 –3-o'rin).
Artyom Dzyuba 357 ochko (55, 74, 44), Kuinsi Promes – 135 ochko (6, 41, 35) bilan 2-3 o'rinlarni band etishgan. To'rtinchi o'rinni Oleg Shatov («Zenit»), beshinchi o'rinni esa Sergey Ignashevich (SSKA) egallagan.
|
Категория: Sport yangiliklari| Просмотров: 123
|