1


Sho'rdanak - Robot Sho'rdanak - Robot
Sho'rdanak - Santehnik Sho'rdanak - Santehnik
Sho'rdanak - Suvga o'tirish Sho'rdanak - Suvga...
Sho'rdanak - Vasiyat noma Sho'rdanak - Vasiy...
Sho'rdanak - Uy savdosi Sho'rdanak - Uy savdosi
Sho'rdanak - Jin po'stin va 40-qaroqchi Sho'rdanak - Jin p...


Меню
Мега Музыка
Oпрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 14
Фотоалбом
Сундтреки
. Munisa Rizayeva - Vaqt (soundtrack)
. O'rik Novdasi - The Red Shadow (soundtrack)
. Devona - Teri Ummed Tera Intezar
. Devona - Teri Isi Adaa Pe Sanam
. Devona - Tere Dard
. Devona - Sochenge Tumhe
. Devona - Payaliya
. Devona - Koi Na Koi Chahiye
. Devona - Aisi Deewangi
. O'rik Novdasi - Wanderer In The Dark (Soundtrack)
. Bir Muxabbat Tarixi - Mere Nishan (Guitar Version)
. Bir Muxabbat Tarixi - Mere Nishan
. Shah Rukh Khan ft. Kajol - Janam Janam (OST Dilwale)
. Muhabbat Tafti - Teri Meri (Soundtrek)
. Nilufar Usmonova - Bevafo (OST Demak Sevasan)
Xolis bo'lishimizga nima xalal beradi?
Категория: Qiziqarli| Просмотров: 224
poster

Kognitiv buzilish — bu odamning fikrlaridagi xatolar, o'ziga xos mantiqiy tuzoqdir. Ma'lum vaziyatlarda andozalar asosida harakat qilishga moyilikmiz, garchi sog'lom fikrlashdan tashqariga chiqib ketayotganimizni his qilsak ham. Bu tuzoqlar bizni xolis fikrlashdan yiroqlashtiradi.

Nazorat illyuziyasi

Odamlar o'zlarining yaxshilik bilan tugashidan manfaatdor bo'lgan voqealarga ta'sirlarini yuqori baholab yuborishadi. Bu holatni 1975 yilda amerikalik ruhshunos Ellen Langer lotereya chiptalari bilan tajriba qilayotganda aniqlagan. Tajriba qatnashchilarini ikki guruhga bo'lishgan: birinchi guruhdagilar lotereya chiptalarini o'zlari tanlashgan, ikkinchi guruhdagilarga esa tanlash imkonisiz tarqatilgan. O'yinga ikki kun qolganda, ikkala guruh qatnashchilariga o'z chiptasini boshqasiga — yutuq chiqish ehtimoli ko'proq bo'lgan yangi lotereyaga almashtirishni taklif qilishdi. Taklif foydali edi, lekin chiptani o'zlari tanlagan qatnashchilar uni almashtirishga shoshilishmadi — go'yo ular tanlagan chipta yutuq chiqish ehtimoliga ta'sir qilishi mumkindek.

Zarracha ham qaltislik bo'lmasligini ma'qul ko'rish

Tasavvur qiling, sizda kichkinagina qaltislikni nolgacha tushirish yoki katta xavfni anchagina kamaytirish imkoni bor. Masalan, aviahalokatni butunlay nol darajaga tushirish yoki avtomobil falokatlari sonini ancha kamaytirish imkoni bor. Qaysi birini tanlagan bo'lardingiz?

Ushbu statistikadan kelib chiqilsa, ikkinchi variantni tanlash to'g'ri bo'lardi: aviahalokatlar oqibatidagi o'limlar avtomobil halokatlarinikidan ancha kam: natijasida siz ko'proq odamlarning hayotini asrab qolasiz. Shunga qaramay, tadqiqotlardan ma'lum bo'lishicha, ko'pchilik birinchi variantni tanlaydi: nol daraja xavf biroz taskin beradi, garchi aviahalokat qurboni bo'lish xavfi juda kam bo'lsa ham.

Selektiv idrok qilish

Deylik, siz GMOga ishonmaysiz. Agar bu mavzu sizni juda qiziqtirsa, hoynahoy, bu haqdagi yangiliklarni va maqolalarni o'qiysiz. O'qib, haqligingizga tobora ishona boshlaysiz. Biroq siz GMOni yoqlaydigan jihatlardan ko'ra, qarashlaringizni mustahkamlaydigan yangiliklarga haddan ortiq e'tibor berasiz. Demak, xolislikni yo'qotasiz. Odamlarning o'zlari kutgan axborotga ko'p e'tibor berib, qolganiga parvo qilmasligi selektiv idrok qilish deyiladi.

Omon qolganning doimiy xatosi

Bu mantiqiy tuzoqni Ikkinchi jahon urushida tushishgan, biroq unga tinch davrda ham tushish mumkin. Urush vaqtida AQSh harbiy rahbariyati bombardimonlardan so'ng yo'qotishlar sonini kamaytirishga qaror qilib, jang natijalariga qarab samolyotlarning qaysi qismlarini mustahkamlash kerakligini aniqlashni buyurdi. Qaytgan samolyotlarni o'rganib, dum va qanotlarda ko'plab yoriqlarni topishdi. Shu qismlarni mustahkamlashga qaror qilishdi. Bir qarashda hammasi mantiqiy edi, lekin harbiylarga statistikachi Abraxam Vald yordamga keldi. Vald ularga mash'um xatoga yo'l qo'yay deganlarini tushuntirdi. Axir qaytib kelgan samolyotlardagi yoriqlar ularning kuchsiz emas, kuchli joylaridan darak beradi. Boshqa joylaridan, masalan, dvigatel yoki yoqilg'i bakidan “yaralangan” samolyotlar umuman jang maydonidan qaytmagan.

“Yaradorlar va tirik qolganlar” tamoyilini haqida hozir ham, ba'zi ma'lumotlarga qarab shoshilinch xulosa chiqarishga chog'lanayotganimizd, esga olishimiz kerak.

Shaffoflik illyuziyasi

Siz yolg'on gapirish zarur bo'lgan vaziyatga tushib qoldingiz. Biroq bu oson emas, nazaringizda, yolg'on gapirayotganingizni sezib turishibdi, har qanday ixtiyorsiz harakatingiz buni bildirib qo'yadi. Bu sizga tanish vaziyatmi? Odamlarning atrofdagilar ularni haqiqiy maqsadi va kechinmalarini tushuna olishiga yuqori baho berishi shaffoflik illyuziyasi deyiladi.

1998 yilda ruhshunoslar Kornell universiteti talabalari bilan tajriba o'tkazishdi. Bir guruh talabalar qog'ozda ko'rsatilgan savollarni o'qib, belgilanganidek yolg'on yoki haqiqatni aytib, javob berishdi. Auditoriya ularning qachon yolg'on gapirganini aniqlashi, javob beruvchilar esa o'zlarining aldash qobiliyatlarini ko'rsatishlari kerak edi. Yolg'onchilarning yarmi yolg'onim fosh bo'ladi deb o'ylashdi, tinglovchilar esa ularning atigi choragini fosh etdi. Demak, yolg'onchilar o'z tinglovchilariga juda yuqori baho bergan.

Nega bunday bo'ladi? Chunki biz o'zimiz haqimizda ko'p narsa bilamiz. Shuning uchun boshqalar ham buni biladi deb o'ylaymiz. Biroq shaffoflik illyuziyasining boshqa tomoni ham bor: biz boshqalarning yolg'onini fosh qila olish qobiliyatimizga haddan ortiq baho beramiz.

Barnum effekti

Keng tarqalgan vaziyat: odam burjlar tafsifini ko'rib qoldi. U bu gaplarga ishonmaydi, albatta, lekin baribir o'qiydi. Buni qarangki, uning burjiga kelganda, hamma ta'riflar o'zining tasavvuridagi qiyofasiga mos tushadi. Ruhshunoslar buni Barnum (XIX asrning mashhur ko'z boyloqchisi Finneas Barnum nomi bilan) effekti deyishadi. Ko'pchilik odamlar ancha umumiy va mujmal tasvirlarni o'z shaxslarining aniq ta'rifi deb qabul qilishga moyil. Bu effektlar astrolog va folbinlar foydalanadi.

Amalga oshiriladigan bashorat effekti

Bu ham folbinlarga asqotadi. Gap shundaki, haqiqatga to'g'ri kelmagan, ammo ishonchli yangragan bashorat odamlarni uning amalga oshishiga yordam beradigan harakatlar qilishiga undash mumkin. Natijada amalga oshishiga u qadar imkon bo'lmagan bashorat birdaniga to'g'ri bo'lib chiqadi.

Bunday bashoratning klassik talqini Aleksandr Grinning “Alvon elkanlar” qissasida tasvirlangan. Egl kichkina Assolga ulg'ayganida uni olib ketishga alvon elkanli kemada shahzoda kelishini bashorat qiladi. Assol bu bashoratga qattiq ishonadi, bu butun shaharga ma'lum bo'ladi. Keyin qizni sevib qolgan kapitan Grey bashoratni eshitib, Assolning orzusini ro'yobga chiqarishga qaror qiladi. Natijada Eglning bashorati to'g'ri bo'lib chiqadi.

Atributsiyaning jiddiy xatosi

Biz boshqalarning xatti-harakatlarini shaxsiy xususiyatlari, o'zimiznikini esa ob'ektiv vaziyatlar bilan izohlaymiz, ayniqsa, qandaydir xatolar borasida. Masalan, boshqa odam hoynahoy vaqtida chiqmagani uchun kech qoladi, o'zingiz esa kech qolishingizni soatning buzilgani yoki yo'lning tirbandligi bilan izohlaysiz. Bunday yondashuv xatti-harakatlarimizga mas'ullikni o'z zimmamizga olishimizga xalal eradi.

Axloqiy ishonch effekti

Rohib pora oldi, oilaviy qadriyatni targ'ib qilgan senator esa buzuq bo'lib chiqdi... Bu noxush hodisalarda qonuniylik bor — uni axloqiy ishonch effekti deyishadi. Agar odam “to'g'ri odam” sifatida benuqson obro' qozonsa, ma'lum vaziyatda u o'zining beaybligiga ishona boshlaydi. Shunday yaxshi bo'lganidan keyin kichkina nuqson uni buzmaydi, deb o'ylaydi.

Takroriy axborot ta'siri

Bir g'oyani qayta-qayta takrorlayverish unga ishonchni oshiradi. Buvilarimiz bilan suhbatlarda bunga ko'p duch kelamiz. Ko'p keksalar televidenieda ko'p gapiriladigan gaplarning to'g'riligiga ishonishadi. Yangi avlod esa bu ta'sirni Feysbuk orqali his qiladi.

Профил
Новости сайта





Мини-Чат
Самое Популярное
. Botir Qodirov - Yig'latur
. Sardor Mamadaliyev - Yig'latur
. Farrux Xamrayev - Sog'indim
. Clubhunter - Never Stop (Radio Edit)
. Inna - Love Yourself
. Jonn Hart ft. 50 Cent ft. Kid Ink - New Chick
. Kristina Si - Не Обижай Меня
. Sardor Rahimxon - Malikam (Remix)
. Shahriyor - Amaki
. Gulasal - Sabo Keltir
На сайте
Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0