 Yangi “Yulduzlar jangi” ekranlarga chiqmasdanoq 50 million dollar daromad keltirdi
|
“Yulduzlar jangi” kinoepopeyasining ettinchi filmi oldindan chiptalar sotilishi bo'yicha rekord o'rnatdi, deya xabar bermoqda The Wall Street Journal. Premeradan to'rt hafta oldindanoq kartina 50 million dollardan ziyod mablag' to'pladi. Shu vaqtga qadar hali hech bir kinokartina oldindan sotish bo'yicha ushbu natijani qayd etmagan edi.
Ekspertlar fikriga ko'ra, yangi “Yulduzlar jangi” namoyish etiladigan haftada kassabopligi bo'yicha 208,8 million dollarlik natijani qayd etgan “Yura davri dunyosi” filmini ham ortda qoldiradi. Biroq kartinaning Yangi yil arafasida, kinofilmlar o'rtasida kuchli raqobat kechadigan davrda namoyish etilayotgani mablag'lar yig'ish bo'yicha rekord o'rnatilmasligi mumkinligini anglatmoqda. “Yura davri dunyosi” filmi esa 2015 yilning 12 iyul kuni sahnaga chiqqan edi.
“Yulduzlar jangi”ning navbatdagi qismini suratga olish ishlari 2012 yilning 30 oktyabr kuni boshlangan bo'lib, Lucasfilm hamda Walt Disney kompaniyalari hamkorlik qilmoqda.
|
Категория: Shou-Biznes yangiliklari| Просмотров: 158
|